Asosiy mazmunga o‘tish
Mehrnoma

Yaqinlaringizga mehr
bilan yozilgan sahifa

Yaqiningiz uchun shaxsiy, interaktiv sovg‘a sahifasini bir necha daqiqada yarating va havola orqali yuboring

Sovg‘a yaratish

Qanday ishlaydi

Dizaynni tanlang, ismni yozing — sovg‘a telefonda shu zahoti jonlanadi.

1-qadam: Kimga sovg‘a qilamiz? — bajarildi

+7 yo‘nalish tez orada

Uzilmas ip

Onaga · Editorda yana 8 ta maydon: Kirish so‘zi, Xotiralar, Tug‘ilgan kuningiz…

Ko‘rinish yuklanmoqda

Ko‘rinish yuklanmoqda

2-qadam: Ismlarni yozing

3-qadam: Havolani yuboring

Yaqiningiz shunday ko‘radi

Sizga maxsus sovg‘a tayyorladim 💌

Onajonim uchunmehrnomam.uz

Yaratish bepul · nashr 19 000 so‘m

Sahifani faqat havolasi bor inson ko‘radi. Xohlasangiz, parol ham qo‘yasiz.

Savol-javob

9 ta savol

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu pullikmi?

Sovg‘ani yaratish, ko‘rish va AI bilan yozish — bepul. Havolani faollashtirish (nashr) — bir martalik 19 000 so‘m. Karta orqali to‘laysiz, chekni yuklaysiz — odatda 5–30 daqiqada tasdiqlanadi.

To‘lovni qanday qilaman?
  1. Sovg‘ani tayyorlang — dizayn, matn, suratlar va AI yordami bepul
  2. Karta orqali 19 000 so‘m o‘tkazing va chek skrinshotini yuklang
  3. Chek tekshirilgach (odatda 5–30 daqiqa, 09:00–23:00) havola ishlaydi

Karta raqamini «Nashr qilish» oynasida ko‘rasiz. Nashrdan keyin sovg‘ani tahrirlasangiz, qayta to‘lamaysiz.

Sovg‘ani qanday yuboraman?

Nashr qilgach shaxsiy havola va QR kod olasiz: havolani Telegram, Instagram yoki istalgan messenjer orqali yuboring, QR kodni esa chop etib, sovg‘angizga qo‘shib bering.

Sovg‘am ochilganini bilamanmi?

Ha. “Mening sovg‘alarim” sahifasida har bir sovg‘a necha marta ochilgani ko‘rinadi.

Sovg‘ani oluvchi nima qilishi kerak?

Hech narsa. U havolani ochadi va sahifa brauzerda ishlaydi — ilova o‘rnatish ham, ro‘yxatdan o‘tish ham shart emas.

Suratlarim xavfsizmi?

Suratlar yopiq xotirada saqlanadi, joylashuv (GPS) va boshqa metama’lumotlar avtomatik o‘chiriladi. Sahifani faqat havolasi bor insonlar ko‘radi, xohlasangiz parol qo‘yishingiz mumkin.

Nashr qilgandan keyin o‘zgartirsa bo‘ladimi?

Ha. Tahrirlab “Yangilash” tugmasini bossangiz, havola o‘zgarmaydi — yangi matn darhol ko‘rinadi.

Kirill yozuvida yozsam bo‘ladimi?

Albatta. Istalgan yozuvda yozing, editorda lotin ↔ kirill o‘girgich ham bor.

Havola qancha vaqt ishlaydi?

Siz o‘chirmaguningizcha havola ishlayveradi.

Javobini topa olmadingizmi? Bizga yozing — albatta yordam beramiz.

Yaratish bepul

Bugun kimnidir xursand qiling

Sovg‘a yaratish

Nashr — bir martalik 19 000 so‘m

  • Ro‘yxatdan o‘tish bepul
  • Oluvchiga ilova kerak emas
  • Lotin va kirill yozuvi
PremiumTez orada

Yanada unutilmas sovg‘alar

Standart va Premium imkoniyatlari
ImkoniyatStandartPremium
Asosiy dizaynlarborbor
Eksklyuziv dizaynlaryo‘qbor
O‘z musiqangizyo‘qbor
Mehrnoma yozuvisiz sahifayo‘qbor
Birinchilardan bo‘lib bilish

Premium chiqqanda Telegram’da birinchi bo‘lib xabar beramiz. Narxi oldindan aniq ko‘rsatiladi.